SIUTda 20 ta grant ajratildi
SIUT kirish imtihonlaridan eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar abituriyentga davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Xorijiy va nodavlat OTMlariga davlat granti uchun kvotalar taqsimoti e'lon qilindi.
SIUTda davlat grantlari quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha beriladi:
- Geologiya va geomuhandislik - 5 ta;
- Konchilik ishi - 5 ta;
- Kimyo muhandisligi - 5 ta;
- Issiqlik energetikasi yo‘nalishiga - 5 ta davlat granti ajratiladi.
Ushbu grant kvotasi eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarga beriladi, ya'ni ularning kontraktlari davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Ma'lumot o‘rnida, xorijiy va nodavlat OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi.
Eng yuqori ball to'plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.
SIUTda hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99855 705-50-05, +99897 575-48-29
- Sana: 2023-2024 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e'lon qilamiz!
- Joylashuv: Samarqand xalqaro texnologiya universiteti