SIUT professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqatiga!
O‘zbek milliy liboslarini xalqimiz va jahon ahli orasida targ‘ib hamda tarannum etish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini namoyish etish maqsadida Samarqand xalqaro texnologiya universitetida joriy yilning 9-13-sentabr kunlari “XON ATLAS haftaligi” o‘tkaziladi. Mazkur haftalikni ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilishida SIUT barcha professor-o‘qituvchilari va talabalarining 13-sentabr sanasida o‘zbek milliy liboslarida kelishingiz so‘raladi.
Hurmat bilan, SIUT ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi va Xotin-qizlar maslahat kengashi.