Qabul boshlandi!
Samarqand xalqaro texnologiya universitetini yaratishdan maqsad
O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun o‘zida ilg‘or muhandislik bilimlari mavjud bo‘lgan, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalarini egallagan malakali yangi mutaxassislar tayyorlash zarurati mavjud. Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun asosiy shart – bu yangi texnik ta’lim standartlari asosida muhandis kadrlarini tayyorlashning amaldagi tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Farmoniga asosan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashkil etildi. (PF-60, 49-maqsad: “Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish”).
Baxtiyor Fozilov
Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonni qurish borasidagi qarashlarni o‘zida mujassam etgan taraqqiyotning yangi modelini hayotga tadbiq qilish zarurligiga qayta-qayta e’tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni shakllantirishga oid iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan tub o‘zgartirishga qaratilgan bu islohotlar butun xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanilmoqda.
Mamlakatimiz hayotidagi ushbu murakkab davr hamda oldimizda turgan mas’uliyatli vazifalar barchamizdan balandparvoz gaplarni emas, balki aniq xatti-harakatlar hamda butkul fidoyilikni talab etadi. Universitetning bo‘lajak talabalariga mening tilagim: “Vatanimiz farovonligi yo‘lida ta’lim oling, murakkab vazifalarni hech qo‘rqmasdan bajaring, erkin ijod qiling, yurtimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissangizni qo‘shing”.
Yusuf Abdullayev
SXTU missiyasi mamlakatimizning dunyo hamjamiyati miqyosidagi obro'sini oshirishga, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida davlatlararo hamkorlik qilishga xizmat qiluvchi, jahon standartlariga javob beradigan yuqori malakali muhandislik kadrlarini tayyorlashdir.
Universitet jamoasi orasida or-nomus, hurfikrlilik va gumanizm oliy qadriyatlar sifatida e’tirof etiladi.
Ishonchimiz komilki, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekistonning intellektual hayotida munosib o‘rin egallaydi va mazkur universitet o‘sib kelayotgan yosh avlodning yorqin kelajagini yaratishda muhim o‘rin egallaydi.
Xorijiy hamkorlar
Avstraliya
- Micromine Pty Ltd
Xitoy
- China Energy Engineering Group Northeast No 3 Electric Power
- Northeast Electric Power University
- Tianjin University of Science and Technology
- North East Petroleum University
Buyuk Britaniya
- British Council
- Advance HE
- Liverpool Hope University
Irlandiya
- Technological University Dublin
Germaniya
- Darmstadt University of Applied Sciences
AQSh
- Colorado School of Mines
- Resource Exchange International
- Consortium for Global Education
- World Innovations Network
- West Valley College
- San Diego State University
- Wayland University
- Campbell University
- North Carolina State University
- University of Pennsylvania
- Sultan Trans Inc
O'zbekiston
- Specialized Public School No. 9
- “Istiqbolli Ta'lim” Nongovernmental Educational Institute
- Taylak Olympic and Paralympic Training Center
- "Rowing & Canoe" Federation of Uzbekistan
- TESOL ASIA International
- Cambridge Unit School
- IT Park Samarkand
Janubiy Afrika
- University of Johannesburg
Rossiya
- Samara State Institute of Culture
- Ukhta State Technical University
- Institute of theoretical and experimental biophysics Russian Academy of Sciences
Hindiston
- Dyashin Technosoft
- VIT-AP University
- VIT Bhopal
BAA
- Canadian University of Dubai
Koreya Respublikasi
- Hankuk University of Foreign Studies
- Kwandong University
- Yeungnam University
- Gimcheon High School
- Handong Global University
- Sookmyung Women's University of Korea
- Korean Society for New and Renewable Energy
- Korean Society of Management and Information Systems
- Research Institute of Clean Energy at Sungkyunkwan University in Korea
- Korean Institute of Electrical and Electronic Material Engineers
- The Korean Publishers Association
- The Education of Korea Information Industries in Korea
- The Saemaul Foundation in Korea
- The Design House Korea
- Institute of Asian Culture and Development
Yaponiya
- Japan Trading Group
- Eikei University of Hiroshima
- Hiroshima Corporation for Higher Education
Xalqaro tashkilotlar
- Consortium for Global Education
- Resource Exchange International
- European University of Technology
- Silk-Road Universities Network
- TESOL International Association
- The Global Council For Tolerance and Peace
- The Organization of La Francophonie
Slovakiya
- Technical University of Košice
Fransiya
- The Organization of La Francophonie
- Nurlikum Mining French-Uzbek JV
- University of Technology of Troyes
Ruminiya
- Technical University of Cluj-Napoca
Bolgariya
- Technical University of Sofia
Italiya
- University of Cassino and Southern Lazio
Ispaniya
- Polytechnic University of Cartagena
Universitetning afzal tomonlari
Universitetning professor-o‘qituvchilar jamoasi
Saralangan o‘qituvchilar jamoasi Universitetning pedagog kadrlari jamoasini Amerika, Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchi ta’lim va ilmiy-texnik markazlarida faoliyat olib boruvchi xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va trenerlar tashkil qiladi.
Universitet o‘quv rejalari
Tajribali xorijiy o‘qituvchilar
Universitetning ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi
Talabarga universitet ta’sischisi tomonidan taqdim qilinayotgan betakror imkoniyat
Nufuzli diplom sohibiga aylanish
Texnopark va muhandislik-ishlab chiqarish klasteri
SXTU kampusidagi ustunlik
Yuqorida zikr etilganlarning barchasi zamonaviy va ilg‘or xorijiy bilim va dunyoqarashga ega, yuqori malakali, shuningdek bir nechta xorijiy tilda ravon so‘zlasha oluvchi bakalavrlar, magistrlar va PhD doktorlarini tayyorlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.
- * “Double degree” olish imkoni talabalarga SXTUni tamomlagach, o‘zlari tanlagan tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha bir paytning o‘zida ikkita ixtisoslikni egallash imkonini beradi.
- ** “Double diploma” SXTU ga hamkor mamlakatlarda tan olinadigan diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.