Samarqandda “Navro'z Regata” festivali!
🤩 Hurmatli samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!
Bahor bayrami - Navro‘z munosabati bilan 21-mart kuni, soat 11:00 dan “Silk Road Samarkand” turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasida sizlarni san’atkorlarning yorqin chiqishlari; raqs va teatr tomoshalari; bolalar attraksionlari; varraklar shousi; o'zbek, xitoy, koreys milliy o'yinlari va boshqa qiziqarli namoyishlar kutmoqda!
“Navro‘z Regata” festivalining eng asosiy voqeasi — 🚣🏻♂️ Markaziy Osiyoda ilk bor “Dragon Boat” qayiqlarining “Boqiy shahar” suv havzasi bo‘ylab suzishi!
📋 Festival tashkilotchilari: Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT), “Silk Road Samarkand” turistik markazi, Shimoliy-Sharqiy energetika universiteti (NEEPU, Xitoy), “Stekloplastik” MChJ.
📅 Sana: 2024-yil 21-mart
🕚 Boshlanish vaqti: 11:00
📍 Manzil: “Boqiy shahar”, “Silk Road Samarkand” turistik markazi.
{ytvideo https://youtu.be/CQpYIHiPZm8|16-9|Welcome to the “Navro‘z Regata” Festival}
- Sana: 21.03.2024
- Joylashuv: “Boqiy shahar”, “Silk Road Samarkand” turistik markazi