Abituriyentlar diqqatiga!
Samarqand xalqaro texnologiya universitetida bahorgi semestr uchun kirish imtihonlari sanasiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Matematika va ingliz tili fanidan yozma imtihonlar 2023-yil 18-yanvar kuni (soat 9:30- 11:30, 14:00-16:00), ingliz tilidan og'zaki imtihon 2023-yil 19-yanvar kuni (soat 9:00 dan boshlab) xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.
Darslar 2023-yil 1-fevraldan boshlanadi.
Eslatib o’tamiz, 2023-yil bahorgi semestrga bakalavriat yo‘nalishida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun jami 50 ta kvota ajratilgan.
Universitetda ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Talabalikka qabul qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Tadbirkorlik va menejment - 25 o‘rin;
- Axborot texnologiyalari - 25 o‘rin.
Kirish imtihonlarining o'tkazilish tartibi:
- Matematika fani (Maktab o'quv dasturi asosida)
- Ingliz tili. (Suhbat)
Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy
Murojaat uchun: +99855 705-50-05, +99897 575-48-29
- Sana: Imtihonlar 2023-yil 18-19 yanvar kunlari bo'lib o'tadi
- Joylashuv: Samarqand xalqaro texnologiya universiteti