Skip to main content

SXTU talabasi - xalqaro afishalar tanlovi sovrindori

Joriy yilning aprel oyida Buyuk Ipak Yo'li Universitetlari tarmog'i (SUN) Eronning “Allameh Tababat'i” universiteti bilan hamkorlikda bahor tarovatini o’zida ifoda etuvchi xalqaro afishalar dizayni tanloviga ga bag'ishlangan onlayn seminar o'tkazdi.

Tadbir avvalida “SUN” bosh kotibi, Janubiy Koreyning Xankuk xorijiy tillar universiteti va ayni damda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti professori janob Xvang Sung Don, undan keyin “SUN”ning talabalar ishlari bo’yicha yangi maslahatchisi, SXTU talabalari dekani, professor Dorota Silvia chiqish qilib, o‘z nutqlari bilan barcha talabalarni bunday xalqaro tadbirda ishtirok etishga da’vat etdilar. Tadbirda, shuningdek, “Allameh Tababat’i” universitetining professori, doktor Bahrom Amir Ahmadiyan hamda Gdansk universiteti professori, doktor Beata Uilyamsonlarning ma’ruzalari ham ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Ushbu onlayn seminar ikkita yo’nalishda ish olib bordi. Birinchi yo’nalishda 4 nafar professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan kichik guruhlar “Dunyo mamlakatlarida bahorning nishonlanishi”, “Tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarga muvofiqlashish” mavzularida o’zaro bahs-munozaralar tashkil qilishdi.

Ikkinchi yo’nalishda esa Buyuk Ipak Yo’li universitetlari tarmog’iga kiruvchi universitetlarda tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari tomonidan taqdim etilgan afishalar tanlovi bo’ib o’tdi. Mazkur tadbirda “SUN”ga a'zo 83 ta universitetda tahsil oluvchi barcha talabalar o’z afishalari bilan ishtirok etish xuquqlariga ega bo’lishdi Talabalar xalqaro maydonda o'z iste'dodlarini namoyish etishlari uchun ajoyib imkoniyat hisoblangan mazkur tanlovda Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Afg‘oniston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridan tahsil oluvchi talabalarning 30 dan ortiq afishalari namoyish etildi. E’tiborlisi shundaki, eng yaxshi o’nta afisha sohibi sifatida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti talabasi Hamroqulova Marjona ham alohida maqtov yorlig’i bilan taqdirlandi.