Skip to main content

SIUT va Koshitsa texnika universiteti hamkorligi amaliy bosqichga o‘tdi

2025-yilning 19-may kuni Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Slovakiyaning Koshitsa texnika universiteti (Technical University of Košice) huzuridagi geotexnologiyalar fakulteti (FBERG) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuv 2024-yilda imzolangan anglashuv memorandumining mantiqiy davomi bo‘lib, tomonlar o‘zaro belgilab olingan hamkorlik yo‘nalishlarini amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar. Delegatsiya tashrifi ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda desak yanglishmaymiz.

koshice fberg 2

Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi va kelgusida ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib olindi:

    • “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi — SIUT talabalariga o‘qishning ikki yilini Samarqandda, ikki yilini Slovakiyada davom ettirib, ikki diplom olish imkoniyati yaratiladi;
    • Amaliyotlar, qisqa muddatli stajirovkalar va yozgi maktablar orqali talabalar malakasini oshirish;
    • Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish — SIUT talabalari FBERG bazasida ilmiy-amaliy loyihalarda qatnashadi;
    • Ilmiy maqolalarni birgalikda nashr etish, jumladan, Koshitsa texnika universiteti nashrlarida SIUT professor- o‘qituvchilari va talabalari ishtirokini ta’minlash;
    • Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va ilmiy anjumanlarda qo‘shma ishtirok;
    • Professor-o‘qituvchilar almashinuvi — pedagogik tajriba almashish, qo‘shma kurslar tashkil etish va ilmiy rahbarlik qilish imkoniyatlari.

koshice fberg 1

FBERG — Koshitsa texnika universiteti tarkibidagi yetakchi fakultetlardan biri bo‘lib, geotexnologiyalar sohasida Yevropaning ilg‘or o‘quv va ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi. Fakultet zamonaviy texnologiyalar, sanoat ehtiyojlariga mos ilmiy yondashuvlar va xalqaro aloqalarga katta e’tibor qaratadi.