SIUTda yaratilgan yangi imkoniyatlar: Koshitsa Texnika universiteti bilan uchtomonlama hamkorlik o‘rnatildi
2024-yil 4-iyun kuni onlayn formatida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti, Koshitsa texnika universiteti (Slovakiya) va Sanoat Energetika Guruhi (Saneg) kompaniyasi o‘rtasida uchtomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tomonlar ikki oliy o‘quv yurti talabalari uchun akademik tadqiqotlarni rivojlantirish va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar. Memorandum professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning almashinuvini, shu jumladan konferensiyalar va seminarlar tashkil etish hamda Koshitsa texnika universitetining konchilik, ekologiya, texnologik jarayonlarni boshqarish va geotexnologiya fakulteti bazasida o‘quv dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Ushbu kelishuv SIUT talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochibgina qolmay, hamkorlikdagi sa’y-harakatlarimiz fan va ta’lim sohasida sezilarli yutuqlarga olib kelishiga ishonamiz”, – dedi SIUT rektori professor Yusuf Abdullayev.
Koshitsa texnika universiteti rektori, professor Peter Mezarosh universitet SIUT va Saneg bilan yangi qo‘shma loyihalar ustida ishlashni intiqlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qildi.
“Uchtomonlama hamkorlik ilmiy-ta’limiy rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shib, talaba va professor-o‘qituvchilarni professional hamda akademik rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, - deya alohida ta’kidladi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.


Koshitsa texnika universiteti (Slovenská technická univerzita v Košiciach) Slovakiyadagi yetakchi universitetlardan biri bo‘lib, ushbu oliy ta’lim muassasasi 1952-yilda tashkil etilgan hozirga qadar mamlakatdagi eng yirik texnika oliy o‘quv yurtidir. Bundan tashqari, oliygoh Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi kabi qator nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zolaridan biri hisoblanadi.