Skip to main content

Universitet-maktab hamkorligi – ta’lim va texnologiya uyg‘unligi

Mamlakatimizda maktab ta’limini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash bag‘oyatda muhim va dolzarb masaladir.  Chunki OTMlarning maktablarga ilmiy- metodik jihatdan ko‘mak ko‘rsatishi maktab ta’limini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Aynan shu tamoyil asosida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

SIUT va 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi ana shunday maqsadlarni qamrab oladi. Mazkur memorandum doirasida o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar olamiga yo‘l ko‘rsatish, ularning kelajakda kasb tanlashida ko‘maklashish va pedagoglar uchun metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

school 2

Joriy yilning 18-fevral kuni universitetning “Computer Science” yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va bir guruh iqtidorli talabalari hamda maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida  uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda SIUT “Computer Science” va IT departamenti rahbari – prof. Mohammad Gouse Galety universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, IT sohasidagi zamonaviy imkoniyatlar hamda istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, professor Galety so‘zi yakunida universitet talabalarining dual ta’lim asosida ishlab chiqarish amaliyotini Hindistonning yirik IT kompaniyasi “Dyashin Technosoft”da o‘tashlari bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi. Bu uchrashuv maktab o‘quvchilari orasida IT, muhandislik va boshqa texnologik yo‘nalishlarga qiziqishni yanada oshirdi.

school 3

Mazkur maktabning ingliz tili va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgani bois, universitet professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarni AKT savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va universitetning ilmiy salohiyatini ularga yetkazish borasidagi fikr-mulohazalari bilan ulashdi. Shuningdek, universitetning “Computer Science” yo‘nalishi iqtidorli talabalarining chiqishlari hamda ularning ilhomlantiruvchi so‘zlari o‘quvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

school 4

school 6

Tadbir davomida o‘quvchilar universitetning zamonaviy o‘quv dasturlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

school 5

SIUT memorandum asosida kelgusida ham ushbu maktab bilan yaqindan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash yo‘lida borishi ta’kidlandi. Muntazam tashkil etiladigan bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga texnologiya olamiga yo‘l ochib, universitetning bilim va tajribasini yangi avlodga uzatishga zamin yaratadi.