Skip to main content

Samarali hamkorlik: amerikalik talabalar SIUTda amaliyot oʻtadilar

2022-yilning dekabr oyida AQShning Nyu-York shahrida SANEG kompaniyasi va “Colorado School of Mines” davlat ilmiy-tadqiqot universiteti rahbariyatlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur anglashuv memorandum imzolanishi Oʻzbekistondagi birinchi texnologik universitet – Samarqand xalqaro texnologiya universitetining tashkil etilishiga zamin yaratdi.

as 5

SIUTning butun o‘quv jarayoni asos qilib olingan, ta’lim sifatining xalqaro standartlariga mos keluvchi Master plan 2022-2032 yaratilishi ham ushbu hamkorlik samarasidan biri hisoblanadi.

as 4

Imzolangan memorandum doirasida qator o‘quv jarayonlari, jumladan, tomonlar o‘rtasida talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Ana shunday almashinuv dasturlari asosida, 2024-yilning may oyida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti “Colorado School of Mines” (Kolorado konchilik maktabi Davlat ilmiy-tadqiqot universiteti) talabalarini qabul qildi. Dastlab Colorado School of Mines talabalari SIUTning o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, amaliyotchilar uchun tayyorgarlik kurslarida ham faol ishtirok etdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, SIUT o‘quv mashg‘ulotlari dual ta’lim tizimiga asoslangan bo‘lib oliygoh talabalari o‘qishning dastlabki  yilidanoq respublikamizdagi yetakchi neft gaz kompaniyaniyalari (Erriel guruhi, Enter-Engineering, Sanoat energetika guruhi ) obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lib, nazariy egallagan bilimlarini va amaliyotga tatbiq etib kelishmoqda.

as 1

Joriy yilning 21-may sanasidan CSM talabalari: Hayden Barrett, Maykl Kim, Lidiya Xayns va Joanna Xardenlar SIUT talabalari bilan birgalikda Eriell kompaniyalar Guruhining turli sanoat maydonlarida amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Ishlab chiqarish amaliyoti natijasida AQShlik talabalar amaliy tajriba orttirish barobarida O‘zbekistondagi sanoat va texnologik muhit bilan tanishishdilar. Madaniyatlararo almashinuv xorijlik talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini amalda qo‘llash imkonini berdi, balki tarixiy davlatga sayohat orqali yangi bilimlarga ega bo‘lish va tengdoshlari ya’ni SIUT talabalari bilan do‘stlashish imkonini ham yaratdi.

“SIUTga tashrifimiz davomida samarqandlik doʻstlarimizning talabalik muhitiga qoʻshila oldik. SIUT talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Biz bu tajribani uzoq vaqt eslaymiz!” – deya CSM talabalari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

as 2

Ma’lumot o‘rnida, “Colorado School of Mines” – 1874-yilda asos solingan Kolorado shtatining Golden shahrida joylashgan Davlat ilmiy-tadqiqot universitetidir. Universitet muhandislik ta’limi, xususan, tog‘-kon sanoati, neft muhandisligi va materialshunoslik sohalari bo‘yicha o‘zining mukammalligi bilan dunyoda yetakchi oliygoh hisoblanadi. Kolorado konchilik maktabi Davlat ilmiy-tadqiqot universiteti jahondagi yuqori sifatli texnik ta’lim berish va qazib olish sanoatida salohiyatli kadrlar tayyorlash bo‘yicha uzoq yillik tajriba va nufuzga ega oliy ta’lim muassasasidir.

CSM