Baxtiyor Fazilov
SIUT Vasiylik Kengashi raisi
Baxtiyor Fazilov mashhur o‘zbek tadbirkori, investor va homiy. U dunyoga dong‘i ketgan, Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan tarixiy Samarqand shahrida tug‘ilgan. So‘nggi o‘ttiz yil ichida u nafaqat o‘z ona shahrida, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab shuningdek, xorijda amalga oshiriladigan muvaffaqiyatli investitsiya loyihalarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan Baxtiyor Fazilov o‘zining mehnat faoliyatini charm buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan import-eksport biznesini tashkil etishdan boshlagan.
2000-yilda, 25 yoshli B. Fazilov neft va gaz sanoatidagi faoliyatini boshlab, dastlab sohaga mashina va uskunalar yetkazib bergan. Oradan to‘rt yil o‘tgach, u Eriell kompaniyasiga asos soldi, bugungi kunda ushbu kompaniya neft-gaz qazib olish, izlash, burg‘ilash, quduqlarni o‘zlashtirish, sinovdan o‘tkazish, ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan xalqaro neft servis guruhiga aylangan.
Hozirda Baxtiyor Fazilovning biznes intilishlari O‘zbekistonning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Enter Engineering, Silk Road Samarkand dam olish maskani, zamonaviy Samarqand Xalqaro Aeroporti kabi ko‘plab sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar misolida o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, bank sohasi, qurilish va muhandislik, raqamli texnologiyalar, logistika, konchilik, qayta tiklanuvchi energiya va po‘lat ishlab chiqarish sohalariga ham katta sarmoya kiritib kelmoqda. Bundan tashqari, u xalqimizning salomatligini saqlash va bilim olish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro tibbiyot markazi (TIMC) va Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) kabi zamonaviy ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirgan. Janob Fazilovning biznes manfaatlari va loyihalari “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyoti hamda o‘zbek xalqini rivojiga yo‘naltirilgan.
Baxtiyor Fazilov O‘zbekiston Hokkey Federatsiyasining prezidenti hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati raisidir. Janob Fazilov xayriya ishlari bilan shug‘ullanish jarayonida, hayotiy muhim, tibbiy va klinik tadqiqotlarga homiylik qilish uchun MESCA jamg‘armasiga asos soldi. Shveysariyadagi ELZA instituti bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotlar keratokonus, muguz parda kasalliklariga chalingan bemorlarning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga qaratilgan. "Light for Sight" jamg‘armasi hamda "Tabasuum" bemorlar guruhi bilan biraglikda MESCA jamg‘armasi tomonidan keratokonus skriningi o‘tkazilmoqda, bu esa Daun sindromi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Shuningdek, Andijon Davlat Tibbiyot Instituti talabalari, o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.