Skip to main content

Cambridge Unit School o‘qituvchilari uchun “Speaking Club” seminar-treningi tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, SIUT universiteti va Cambridge Unit School nodavlat xalqaro ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Memorandumdan ko‘zlangan maqsad: pedagoglarga ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarga esa bo‘lajak kasbini tanlashida imkon qadar ko‘maklashishdir. Ushbu memorandum doirasida maktab o‘qituvchilari uchun universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda “Speaking Club” mashg‘ulotlarini tashkil etishga kelishilgan.

Mazkur kelishuvga binoan, SIUT professor-o‘qituvchilari tomonidan ilg‘or tajriba ulashish, sohadagi so‘nggi yangiliklardan xabardor etish va o‘qituvchilarning malakasini yanada oshirish maqsadida maktab o‘qituvchilari uchun “Xorijiy tillarni o‘rganishda interfaol metodlar asosida o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Shuningdek, seminar davomida “Cambridge Unit School” maktabining xorijiy fan o‘qituvchilari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, dars jarayonlarida foydalayotgan metodlardan namunalar ko‘rsatdilar. Seminar so‘ngida ishtirokchilar olingan ma’lumotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kelajakda bu kabi akademik hamkorliklarni davom ettirish ular uchun kasbiy mahoratlarini oshishida ijobiy ta’sir o‘tkazishini alohida ta’kidladilar.