Skip to main content

SIUTga MISIS Milliy tadqiqot texnologik universitetidan minnatdorchilik xati keldi

Rossiyadagi “MISIS” Milliy tadqiqot texnologik universitetining konchilik instituti direktori prof. Aleksandr Myaskov Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori prof. Yusuf Abdullayevga “Micromine Origin & Beyond” dasturi bo‘yicha konchilik va geologik axborot tizimlari orqali karyerlarni loyihalash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan VI Xalqaro olimpiadada faol ishtirok etgan talabalarni a’lo darajada tayyorlagarligi uchun minnatdorchilik xatini yo‘lladi.

“Ochiq usulda qazib olishni loyihalash va rejalashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi bilim, topshiriqlarini yechish va zamonaviy dasturiy ta’minotda ishlash ko‘nikmalari universitetingiz talabalariga yuqori sovrinlar uchun kurash olib borish imkonini berdi”, — deyiladi maktubda.

2023-yilning 14-16-noyabr kunlari o‘tkazilgan “Tog‘-geologik axborot tizimlarida karyerlarni loyihalash” VI olimpiadasining final bosqichida Rossiya va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridan 16 ta jamoa ishtirok etdi. E’tiborlisi, mazkur olimpiadada SIUT jamoasi barcha ishtirokchilar orasida eng yoshi deb topildi.