Skip to main content

SIUT basketbolchilari 3x3 basketbol musobaqasida ishtirok etdi

Talabalar uchun sport nafaqat jismoniy faollik, balki kuch, diqqatni jamlash va muvaffaqiyatli o‘qishning kalitidir. SIUTda futbol, voleybol, basketbol, baydarka, kanoeda va akademik eshkak eshish, suzish, dzyudo, yunon-rum kurashi, stol tennisi, shaxmat kabi qator sport turlari bo‘yicha havaskor talabalarni birlashtirgan “IRBIS” sport klubi faoliyat olib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, jamoaviy ruh va birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali g‘alabalarga erishish istagi alohida o‘rin tutuvchi jamoaviy sport turlari qatorida basketbol ham kiradi.

b2

“11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan poytaxtimizda joriy yilning 12-noyabrida “Enter Engineering kasaba uyushma qo‘mitasi Kubogi 2023” doirasida 3x3 basketbol bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Enter Engineering” guruhiga kiruvchi kompaniyalarning 13 jamoalari bilan bir qatorda IRBIS (SIUT) talabalar jamoasi ham ishtirok etdi. Musobaqada Computer Science yo‘nalishidan Avaz Yo‘ldoshev, Timur Tohirov hamda Thermal Engineering yo‘nalishidan Amir Niyozov va Fazliddin Muhammadiyevlar qatnashdilar.

b4

b5

basketball

“A” guruhida IRBIS jamoasi Turkiyaning “Anti-X” (10:7) va O‘zbekistonning “TK” (13:3) jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Chorak final bosqichida yigitlarimiz tajribali “AGMK-HEAT” jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatishdi, ammo raqiblarda tajriba ustunlik qildi. Yakuniy hisob 8:19 “AGMK-HEAT” jamoasi foydasiga.

b3

b9

standings2

b6

Musobaqa yakuniy jadvalida IRBIS (SIUT) jamoasi 7-o‘rinni, 32 ochko jamg‘argan Amir Niyozov esa turnir to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egalladi.

“Enter Engineering Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kubogi 2023” – IRBIS talabalar sport klubi aʼzolari ishtirok etgan birinchi yirik sport musobaqasidir. Albatta, basketbolchilarimizning natijalari sportchilarimizni yangi g‘alabalar sari undaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.