Skip to main content

Kutilmaganda hadya etilgan kitoblar

Samarqard shahri kuni arafasida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) kutubxonasi Pekin shahridan ajoyib sovg‘ani qabul qilib oldi.

Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy tillardagi adabiyotlar nashriyoti SIUT ga ko‘plab qiziqarli kitoblarni sovg‘a sifatida taqdim etdi. Mazkur nashriyot “Bir makon – bir yo‘l” global tashabbusi ostida fan va texnika, tarix va madaniyat, xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari borasida amaliy faoliyat olib boradi.

1500 3

Taʼkidlash joizki, 70 yildan oshiq vaqtdirki, Xitoy Xalq Respublikasidagi ushbu yirik xalqaro nashriyot Xitoy madaniyatini dunyoga tarannum etib kelmoqda hamda uning olib borayotgan ishlari Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy muloqot, o‘zaro hamkorlik, bir-birini tushunishga to‘la-to‘kis muvofiq keladi. “Foreign Languages Press” (FLP) nomi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur nashriyot Xitoy xalqaro muloqot guruhi (CICG) tarkibiga kiritilgani ham bejiz emas, albatta.

Eʼtiborlisi shundaki, SIUT kutubxonasiga bunday kitoblar ilk bor hadya qilinmayapti. 2022-yilda Аmerikalik taniqli tinchliksevar olim doktor Vebster Terrens Doyl ham o‘zining kitoblar jamlanmasini universitetga sovg‘a qilgan edi.