Skip to main content

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 7 iyul kuni Samarqand xalqaro texnologiya universitetining xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilk marotaba universitet haqida batafsil ma’lumot berish va yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda SIUT jamoasi, Samarqand viloyati va respublika OAVning hududiy vakillari, jurnalist va blogerlar, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvda universitetning tajribali xorijlik o‘qituvchilari 2023/2024 o‘quv yili qabul jarayonlari hamda yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari Koreya, Xitoy bilan hamkorlikda energetika, texnologiya, dizayn, raqamli iqtisodiyot va madaniyat bo‘yicha noyob qo‘shma dasturlar bilan tanishtirdilar.

Bundan tashqari, SIUT rektori, professor Yusuf Negmatovich Abdullayev tomonidan xorijiy professor-o‘qituvchilarning tarkibi tanishtirildi hamda SIUT talabalarini qanday istiqbollar kutayotgani, ular xorijiy davlatlardagi yetakchi oliygohlarda tahsilni davom ettirish imkoniyati va SIUT bitiruvchilarining respublikamiz va xorijdagi kompaniyalarda ishga joylashishlariga oid qimmatli ma'lumotlar berildi.

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi

Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilgan mazkur universitet bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijdagi kasbiy karyerasida muhim o‘rin egallovchi “Double degree” va Double diploma” turidagi nufuzli diplomlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, oliygoh o‘quv reja va dasturlarining qariyib 99%i jahon standartlari asosida xorijiy texnika universitetlari bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, bu oliy o’quv yurtida darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Universitetda 2023-yil bahorgi semestrdan “Tadbirkorlik va menejment”, “Axborot texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabuli muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

SIUT qoshida uch yo‘nalishda – Qayta tiklanadigan energiya manbalari (“yashil” texnologiyalar), sanoat dizayni, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti tashkil etilgan bo‘lib, mazkur institutga Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universiteti professori, Ipak yo‘li universitetlar tarmog‘i bosh kotibi, professor Sungdon Hwang dekan sifatida faoliyat olib bormoqda.

В SIUT проведен День открытых дверей

2023-yilda Xitoy energetika kompaniyalari va Xitoy Elektr energiyasi loyihalash instituti, shuningdek shu soha bo‘yicha Xitoyning boshqa yetakchi universitetlari hamkorligida SIUT da Xitoy energetika instituti (fakulteti) tashkil etildi. Yangi o‘quv yilida butun dunyo bo'ylab ishlash imkoniyatiga va xalqaro diplomga ega bo‘ladigan birinchi 40 nafar talaba tahsil olishi rejalashtirilmoqda.

2023-2024-oʻquv yiliga jami 11 yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun jami 275 ta kvota ajratilgan.

Ingliz tili va matematika fanlaridan bo‘ladigan kirish imtihonlari maktab o‘quv dasturi asosida universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari tomonidan ichki tartibda tashkil etiladi.

Eslatma: Ingliz tili va matematika fanlaridan quyidagi xalqaro yoki milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi:

Hujjat qabul qilish muddati 2023-yilning 20-iyuliga qadar davom etadi. Kirish imtihonlari 2023-yil iyul oyining oxirida o‘tkaziladi.SIUT kirish imtihonlaridan eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar talabalarga davlat granti asosida o'qish imkoniyatini taqdim etadi.Ushbu grant kvotasi eng yuqori ball bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarga beriladi, ya'ni ularning kontraktlari davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy va nodavlat OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi.

Eng yuqori ball to'plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.

Ayni paytda qabul jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida universitetda qabul komissiyasi, Call-markaz hamda maslahatlar markazlari faoliyatlari yo‘lga qo‘yildi. Mas’ullar tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga muntazam xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Aholiga yanada yengillik yaratish maqsadida SIUT faoliyati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtirilib borilmoqda.

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi

SIUT da Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi