Skip to main content

Qahramonlar jasorati va porloq xotirasi – yuragimizda abadiy barhayot!

Bugun yurtimizda shonli tariximizni esga soluvchi ulug‘ sana — 9-may, Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bu muqaddas kun har yili xalqimizni o‘z tarixiga yuzlanishga, tinch va farovon hayotimiz uchun fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizni yod etishga undaydi.

9 may 2

Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi Xotira maydonida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi: xorijlik va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda universitet xodimlari va talabalari, faol ishtirok etdilar. Ular Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, qahramonlarimizning Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va fidoyiligini yodga oldilar.

“Tarixiy xotirani saqlash — bu faqat o‘tmishga hurmat emas, balki kelajak oldidagi mas’uliyatdir. Ota-bobolarimizning Vatan tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati qalblarimizda mangu barhayotdir. Uni yosh avlodga yetkazish — bizning muqaddas burchimiz,” — deya ta’kidladi SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev.

9 may 4

9 may 5

9 may 6

Tadbir ishtirokchilari urush yillarida jonini fido qilgan ajdodlarimizni, istiqlolimiz va farovonligimiz yo‘lida xizmat qilgan ma’rifatparvar jadid bobolarimiz hamda ilm yo‘lida mehnat qilgan minglab vatandoshlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga oldilar.

9 may 7

9 may 8

9 may 1

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti har yili 9-may — Xotira va qadrlash kunini yurtimiz uchun muhim tarixiy sana sifatida alohida e’tibor bilan nishonlab kelmoqda. Universitet hayotida bunday tadbirlar yosh avlod ongiga tarixiy xotirani singdirish, milliy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi.

9 may 9

Xotira — bu o‘tmishga ehtirom, kelajakka mas’uliyatdir. Ushbu kun bizga nafaqat tarixni eslatadi, balki har birimizni tinchlik va barqarorlikni asrash yo‘lida birlashishga, mehr-oqibat, birdamlik va jasorat timsoli bo‘lishga da’vat etadi.

Qahramonlar jasorati va porloq xotirasi – yuragimizda abadiy barhayot!