Skip to main content

“SIUT IRBIS” sport klubi kibersport arenalarida o‘z salohiyatini namoyon qildi

Joriy yilning 25–28-mart kunlari Toshkent shahridagi “Cyber Arena” kibersport klubida “ZIYO CUP 2025” turniri bo‘lib o‘tdi. “ZIYO FORUM” xalqaro fondi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqa mamlakatning eng yirik va nufuzli talaba kibertanlovlaridan biriga aylandi. Turnirning asosiy maqsadi kibersportni targ‘ib qilish bilan birga, talabalar orasida strategik fikrlash, jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat edi.

Ziyo Cup 3

Counter-Strike 2 (CS2) yo‘nalishida o‘tgan turnirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari jamoalari qatnashib, 22 500 000 so‘m mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, ushbu universitet jamoalari orasida “SIUT IRBIS” sport klubi a’zolari ham bor.

Ziyo Cup 2

SIUT zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bilan birga, talabalarining har tomonlama rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Universitet nafaqat ilm-fan va texnologiyalar sohasida, balki sport, jumladan, kibersport yo‘nalishida ham jiddiy qadamlar tashlamoqda. Bu jarayonda jamoamiz ilk bor ishtirok etgan kibersport musobaqasida o‘z iste’dodini yorqin namoyon qildi. “SIUT IRBIS” 1/64 final bosqichidan boshlab barcha play-off bosqichlarini muvaffaqiyatli yengib o‘tib, yarim finalda o‘tgan yilgi chempion – Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi bilan kuch sinashdi. Ushbu bahs jamoamiz uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. “SIUT IRBIS” sport klubi a’zolari ilk bor bunday miqyosdagi musobaqada ishtirok etgan bo‘lishlariga qaramay, yuqori darajadagi tayyorgarlik, strategik o‘yin va jamoaviy hamkorlik namoyish etib, kuchli beshlikdan joy oldi. Shuningdek, 110 ta ishtirokchi universitet ichida yarim finalga chiqishi bilan mamlakatning talaba kibersporti elitasiga kirishini isbotladi.

Ziyo Cup 6

Ziyo Cup 4

ZIYO CUP 2025 turnirining yarim finaliga chiqish – SIUT IRBIS jamoasi uchun katta muvaffaqiyat! Ammo bu faqat boshlanishi. Jamoamizning ushbu natijasi SIUT talabalarining kibersportdagi salohiyatini yaqqol namoyon etdi. Turnir davomida ular tajribali raqiblar bilan bellashib, professional muhitda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

cyber ranking

SIUT IRBIS hozirdan yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rib, strategik yondashuv va individual mahoratini rivojlantirish ustida ishlamoqda. Jamoa yirik musobaqalarda ishtirok etish, tajriba orttirish va xalqaro arenada o‘zini namoyon qilishni maqsad qilgan.