Skip to main content

Koreyscha yangi yil – Solnal bayrami nishonlandi

Joriy yilning 29-yanvar kuni SIUT tarkibidagi Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) tomonidan madaniy almashuv va koreys tilini ommalashtirish maqsadida koreys xalqining milliy bayrami – Solnal – Koreyscha yangi yil bayrami katta tantana bilan nishonlandi.

kny 1

kny 6

Solnal bayrami, Koreya madaniyatining eng qadimiy va muhim an’analaridan biri bo‘lib, u odatda oy taqvimi boʻyicha oyining birinchi sanasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu bayram, nafaqat Koreya xalqining yangi yilni kutib olish marosimi, balki oilaviy an’analarni, ajdodlarga hurmatni va madaniy qadriyatlarni yodga olish kunidir.

kny 2

Solnal, shuningdek, “seol” deb ataladi va u Koreya xalqining o‘ziga xos o‘yinlari bilan ham ajralib turadi. Bayram tantanasida talabalar tomonidan tayyorlangan koreys milliy raqslari, yosh taekvondochilarning koʻrgazmali chiqishlari, koreys milliy taomlari koʻrgazmasi ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Rang-barang va qiziqarli chiqishlarga boy tadbirda faxriy mehmonlar sifatida Samaqand davlat chet tillari instituti, KOICA professional ta’lim markazi, Samarqand viloyati koreys milliy madaniyat markazi rahbariyati hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

kny 3

kny 4

kny 9

2023-yilda Solnal bayrami Koreya milliy nomoddiy madaniy merosi sifatida tan olingan bo‘lib, KITC Koreya madaniyati markazi bu kabi madaniy tadbirlarni o‘tkazish orqali, koreys madaniyatining boy tarixini va o‘tmishdan kelajakka o‘tadigan an’analarini targ‘ib qilishni davom ettirmoqda.