Skip to main content

SIUT jamoasi an’anaviy “Samarkand Marathon”da: sport, madaniyat va jamiyat uchun birlashgan qadamlar

2024-yil 2-3-noyabr kunlari Samarqandda sport va madaniyat ixlosmandlarini birlashtirgan katta voqea – VI Xalqaro “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobalaqalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbir, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va inklyuzivlikka e’tiborni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirga dunyoning 43 davlatidan besh mingdan ortiq qatnashchilar 2 km dan 42 km gacha bo‘lgan masofalarda yugurdilar. Ahamiyatlisi, mazkur marafonda 3 yildan buyon Samarqand xalqaro texnologiya universiteti jamoasi faol ishtirok etib, o‘zining sportga bo‘lgan ishtiyoqi, jamoaviy birdamligi va ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etib kelmoqda.

sm 4

sm 5

SIUT jamoasi, SIUT IRBIS sport klubi a’zolari marafonning 2 km, 5 km va 10 km masofalarida qatnashib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, jamoatchilik orasida sportga bo‘lgan muhabbatni targ‘ib qilishga hissa qo‘shdi. Bu marafon nafaqat sport yutuqlari uchun, balki shahar merosini dunyoga tanitib, madaniyat va turizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Marafonning Samarqandda o‘tkazilishi esa uning o‘ziga xosligini yanada oshirdi, chunki bu tarixiy shahar boy merosi va go‘zalligi bilan sport va madaniyatni uyg‘unlashtirish uchun ideal maydonga aylandi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

sm 8

sm 9

sm 10

sm 6

SIUTda faoliyat yuritayotgan xorijlik professorlar ham ushbu xayriya marafoni haqida o‘z fikrlarini bildirib, tadbirning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini yuqori baholashdi.

“Samarkand Marathon faqat yugurish emas, balki madaniyatlarni birlashtiruvchi va jismoniy faollikni targ‘ib qiluvchi katta platforma. Bu kabi xayriya tadbirlari jamiyatlararo do‘stlik va madaniy almashinuvni kuchaytirishga, sog‘lom turmush tarzini yanada keng targ‘ib etishga xizmat qiladi,” – “Computer Science” departamenti professori Shirin Noekhah (Eron).

sm 1

“Xalqaro tadbirlar bizni yaqinlashtirib, global birdamlikni mustahkamlaydi. SIUTning ishtiroki esa yoshlar uchun haqiqiy o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi,” – SIUT IRBIS sport klubi rahbari Alisher Igamberdiyev.

sm 7

sm 2

Muxtasar qilib aytganda, SIUT jamoasi uchun “Samarkand Marathon” – bu madaniyat va sportni birlashtiruvchi noyob imkoniyat, ijtimoiy faollik va sog‘lom turmush tarzining yorqin namunasi sifatida esda qoladi.

Ma’lumot uchun: “Samarkand Marathon” 2019-yilda tashkil etilgan xalqaro xayriya poygasidir. Samarqand shahrida sport bilan bir qatorda “Samarkand Marathon” doirasidagi maʼrifiy va madaniy dasturlar ham oʻtkazilmoqda. Mehmonlar uchun konsertlar va filmlar namoyishi bilan boy madaniy dastur ham taqdim etib kelinmoqda.