Ta’lim va tadqiqot hamkorligi kelajak poydevori
Markaziy Osiyo bo‘yicha ilk marotaba Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tomonidan Global ta'lim Konsorsiumi (CGE, AQSh) bilan ta’lim va tadqiqot sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imzolash joriy yilning sentabr oyida universitet rektori Yusuf Abdullayevning AQShga amaliy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Har yili CGE yuzlab o‘qituvchi va minglab talabalarga xorijdagi ta'lim dasturlarida qatnashishida yordam beradi. Bir so‘z bilan aytganda, sifatli ta’lim, kasbiy va iqtisodiy rivojlanishni istagan mamlakatlardagi ta’lim maskanlariga kirishini ta’minlovchi amerikalik o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun dunyoga kirish eshigi bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
Bunday ishonchli va kuchli hamkorlar bilan talabalarimizni muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda. Siz ham safimizga qo'shiling.