Skip to main content

Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi renessans poydevori

2024-yil 23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori" VIII Xalqaro Kongress o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli anjuman O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ERIELL kompaniyalar Guruhi, hamda TYURKSO, IRSIKA, “Al-Furqan” fondi, Arab dunyosi instituti kabi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi.

003

Unda 35 davlatdan 300 dan ortiq akademik, olimlar, ekspertlar, tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

009

VIII Xalqaro Kongressning asosiy mavzusi - Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom al-Buxoriy memorial majmuasi muzeylarining kontenti bilan bog‘liq bo‘ldi. Shuningdek, markazning kutubxona va muzey fondini dunyo andozalariga muvofiq boyitishga alohida e’tibor ham qaratildi.

Kongress doirasida plenar sessiyalar, ilmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shu ma’noda VIII Xalqaro Kongress tadqiqotlar va yangiliklar muhokama qilingan platformaga aylandi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xususan, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, “O‘zbekiston qur’onlari”, “O‘zbekistonning nodir qo‘lyozma durdonalari” kabi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar Axsikent qadimiy obidasining virtual ekskursiyasi, “Tirik tarix” multimediya platformasi konsepsiyasi, muzeyshunoslikdagi innovatsion ishlanmalar, yangi arxeologik va etnografik ekspeditsiyalar, hatto fanda sun’iy intellektdan foydalanish kabi yangi tashabbuslar bilan ham tanishib chiqdilar.

002

005

008

E’tiborlisi, Kongressda Ilmiy Kengash a’zosi sifatida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori, ERIELL kompaniyalar Guruhi raisining ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi, professor Yusuf Abdullayev faol ishtirok etdi.

006

004

Kongressning muhim yakunlari quyidagilardan iborat: Jahonning 300 dan ortiq olimlari an’anaviy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatnoma yo‘llashdi; hamkorlik memorandumlariga imzo chekildi; Xalqaro Ekspertlar Kengashi tuzildi; Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

    • Samarqand Deklaratsiyasining muhim satrlaridan:

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha tashabbusining muhimligi, bu global loyiha sharq olimlarining jahon fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish uchun kuchli impuls bo‘lishi, islom dinining haqiqiy gumanistik va ma’rifiy mohiyati va bu g‘oyalarning “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida amalga oshirilishi hammani qiziqtirishi ta’kidlanadi”.

Dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan ko‘zga ko‘ringan ilm-fan va san’at arboblari, olim va tadqiqotchilar, ekspert va restavratorlar, muzeyshunos va boshqa o‘nlab soha mutaxassislari WOSCU'ning “Oltin kitob” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotga Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan 10 ta yetuk sharqshunoslar sazovor bo‘ldi. Xalqaro Kongress 20 dan ortiq yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, CNN, Euronews, “Россия-Культура”, “Мир” va Markaziy Osiyo mamlakatlari telekanallarida keng yoritib berildi.