Skip to main content

SIUTda kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilindi

2024-2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi! Eslatib o‘tamiz, qabul qilish qoidalariga ko‘ra, imtihonlar test shaklida, maktab dasturi asosida ikkita fan: ingliz tili va matematika bo‘yicha o‘tkazildi. Maksimal ball (umumiy): 200 ball (har bir fan uchun 100 ball). Fanlardan xalqaro yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod etildi.

Qabul qilingan abituriyentlar ro‘yxati (yo‘nalishlar bo‘yicha):

School of Engineering:
Business School:
Chinese Institute of Electric Power (CIEP):
Korean Institute of Technology and Culture (KITC):

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida 2024-yilning 22-iyulidan 26-iyuliga qadar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan izoh

Abituriyentlar to‘plagan ballari va oʻqishga kirganlik holati bilan universitetning admission.siut.uz rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinetlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari shuningdek, universitet binosida oʻrnatilgan e’lonlar taxtasidagi ma’lumotlar orqali tanishishlari mumkin.

SIUTga qabul qilingan abituriyentlar 2024-yil 7-avgustgacha (shu kunida ham) shartnoma imzolashga taklif qilinadi. Abituriyentlar SIUTga shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan kelishlari shart.

Qabul kvotasi doirasida oʻtish ballarini toʻplagan abituriyentlar o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilinadilar.

Imtihon natijalariga koʻra quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha boʻsh kvota oʻrinlari mavjud:

  1. Mining (Konchilik ishi) – 11 o‘rin;
  2. Geological Engineering (Geologiya va geomuhandislik) – 16 o‘rin;
  3. Chemical Engineering (Kimyo muhandisligi) – 17 o‘rin;
  4. Thermal Engineering (Issiqlik energetikasi) – 14 o‘rin;
  5. Renewable Energy (Qayta tiklanuvchi energiya) – 14 o‘rin.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 66,5 va undan yuqori ball to‘plagan ammo tanlovdan o‘ta olmagan abituriyentlar to‘plagan ballariga muvofiq mavjud bo‘sh kvota o‘rinlari uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.     

  • Barcha savollar bo‘yicha +99855 705-50-05 raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.
  • Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  • Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy.