Skip to main content

“MM Publications” xalqaro nashriyoti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida “MM Publications” xalqaro nashriyotining vakillari - Paixos Konstantinos va Nikita Klimenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

MM Publications nashriyoti 1974-yildan buyon faoliyat yuritib keladi va ingliz tilini o‘rganayotgan bolalar hamda kattalar uchun, shuningdek, o‘qituvchilar uchun zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari, jurnallar va kitoblar nashriga ixtisoslashgan. Nashriyotning dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda rasmiy vakilliklari bor.

1

Uchrashuv davomida SIUT va “MM Publications” o‘rtasida universitet kutubxona fondini nashriyot materiallari bilan boyitish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida, SIUTda “MM Publications” kitoblari ko‘rgazmasini uyushtirish imkoniyatini ham muhokama qildilar.

2

“MM Publications” nashriyotining mahsulotlari Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika va Yaqin Sharq mamlakatlarida katta mashhuriyatga ega. Nashriyot muallif, muharrir, o‘qituvchi va mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ishlagan holda, ingliz tilini o‘rganishda yuqori natijalarga erishishga yordam beradigan qo‘llanmalar nashr etishga harakat qiladi.