Skip to main content

Samarqandda xalqaro miqyosda ijodkor yoshlar forumi tashkil etildi

Creative Youth Forum (Ijodkor Yoshlar Forumi): “The Bravest choose STEM” (Jasur yoshlar STEMni tanlaydi).

 Joriy yilning 11-iyun sanasida Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va “Innovative Centre” o‘quv markazi hamkorligida “Silk Road Samarkand” turistik markazining “Hilton Samarkand Regency” mehmonxonasi konferens zalida xalqaro miqyosda “Creative Youth Forum” – “Ijodkor yoshlar Forumi” bo‘lib o‘tdi.

 DSC1998 copy

 DSC2071 copy

Ijodkor yoshlar forumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu forum xalqaro Nobel mukofotining nufuzli sovrindori, SIUT, John Hopkins, Cornell University, Hong Kong University, Bates College, University of South Florida, New York University hamda Oxford University kabi dunyoning nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan zamonaviy dunyoqarashga ega talaba-yoshlar va SIUT tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirokini o‘zida qamrab oldi.

 DSC2380 copy

 DSC2052 copy

 DSC2634 copy

Forum O‘zbekiston yoshlarini STEM ta’limi (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) doirasida o‘z qiziqishlariga ko‘ra, sohaga oid bilim va  ko‘nikmalarini rivojlantirishlari maqsadida tashkil etilgan. O‘tkazilgan yangicha formatdagi ushbu xalqaro Forum yoshlarni akademik va ilmiy sohalardagi yetakchi mutaxassislar, xususan, dunyoning eng nufuzli universitetlaridagi yosh aql egalari bilan yaqindan tanishish, ular bilan fikr almashish hamda bevosita muloqotga kirishishlariga imkon yaratishi bilan birga, kelajakda ularning O‘zbekistonda jahon darajasidagi STEM ta’limini rivojlantirishga hissa qo‘shishlari uchun mos sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.

 DSC2733 copy

 DSC2689 copy

 DSC2868 copy

 DSC2843 copy

 DSC2780 copy

 DSC2906 copy

Shuningdek, forumda ilm-fan va texnologiya sohasining yetuk namoyandalari bilan bir qatorda SIUTning bir guruh professor-o‘qituvchilari: Koreya texnologiyasi va madaniyati insitituti (KITC) dekani, professor Sungdon Hwang “Science & Technology as Key Enablers of the Korean Miracle”; Axborot texnologiyalari yo‘nalishi rahbari Mohammad Gouse Galety “How AI is Impacting Society and Shaping the Future?”; Xitoy energetika instituti (CIEP) dekani, professor Liu Chuang “Thermal and Electrical Engineering for Power Systems in Uzbekistan”; SIUT amaliy matematika professori Jimbo Claver “Synergy Between Uzbek and International Education: A Path for Innovation and Development”; SIUT muhandislik yo‘nalishi professori Mohammed Awad “Study Engineering: Future and challenges in Uzbekistan” hamda professor Ron Wiley “Communicate to Connect First Steps to Peace at Home, Success at Work & Friendships that Last” mavzularida tadqimotlari bilan ishtirok etib, o‘zlarining sohaga oid muhim ma’lumotlari, fikr-mulohazalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 DSC3131 copy

 DSC3223 copy

Shuningdek, forum ishi doirasida O‘zbekiston va jahonning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalari o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Quvonarlisi, ana shunday iqtidor egalari orasida SIUT talabalari: KITC “Qayta tiklanadigan energiya manbalari” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Shohida Rashidova “Renewable Energy Revolution” va “Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Kamila Abdullayeva “Critical Importance of Developing Industrial Robotics Education in Uzbekistan” mavzularida taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Mutaxassislar va yoshlar yetakchilari jalb qilingan ushbu xalqaro forumda mamlakatimizda STEM kelajagini shakllantirishdagi muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi. Yoshlarni muhandislik va texnologiyaga jalb etish uchun kichik ko‘rgazmada fan va texnologiyaga oid kitoblar va materiallar shuningdek, qiziqarli muhandislik uskunalari va prototip modellar taqdim etildi. Ishtirokchilar tengdoshlari, soha mutaxasisslari va professorlar bilan bogʻlanib, Oʻzbekistonda STEM sohalarining kelajakda rivojlanishiga sabab bo‘luvchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 DSC2092 copy

“Innovative Centre” rahbari Muhammadxon Soliyev ushbu forum haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Maqsadimiz – mutaxassislar va yoshlar o‘zlarining g‘oyalari, bilimlarini yuksaltirish va rag‘batlantirish uchun o‘rtoqlasha oladigan platforma yaratishdir. Yoshlarning dunyoga haqiqiy, ijobiy, sezilarli texnologik ta’sir ko‘rsatish uchun biz ushbu ajoyib Forumni har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylantirish niyatidamiz. O‘z navbatida ushbu Forumning kelajakda qamrovi va mazmuni bo‘yicha kengayishiga ishonamiz”.

Ijodkor yoshlar forumida ishtirok etgan SIUT professor-o‘qituvchilari va talabalarining forum haqidagi fikrlariga quloq tutdik.

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi rahbari Mohammad Gouse Galety: “Ijodkor yoshlar forumi turli fanlar bo‘yicha yosh onglarni birlashtirish, fikr almashish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun bebaho platforma bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu forumlarni muntazam tashkil etilishi nafaqat yoshlarga o‘zini ijodiy namoyon etish imkoniyatini beradi, balki ularga yangi istiqbol va innovatsion yechimlar bilan dolzarb global muammolarni hal qilish imkoni bilan qatorda ilg‘or fikrlovchilarning faol hamjamiyatini tarbiyalaydi”.

 DSC3536 copy

“Ushbu xalqaro forumda tengdoshlarim qatorida ishtirok etish orqali, shaxsiy va professional o‘sishim uchun muhim yangi bilimlarga ega bo‘ldim. Forum O‘zbekistondagi STEMga alohida e’tibor qaratish bilan bir qatorda biz kabi yoshlarning omma oldida fikrimizni erkin bayon etish, yangi do‘stlar  bilan tanishish hamda tajriba orttirish maydoniga aylandi desam yanglishmagan bo‘laman,” – deya qo‘shimcha qildi talabamiz Shohida Rashidova.

 DSC2988 copy

 DSC3059 copy

 DSC3159 copy

 DSC3251 copy

 DSC3346 copy

Forum ilm-fan va texnologiya sohalarida yetuk mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalashda katta rol o‘ynashi bilan birga, O‘zbekistonning haqiqiy texnologik va iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida hal qiluvchi qadamlardan biri bo‘ladi, degan umiddamiz.

 DSC3701 copy