Skip to main content

“Samarqandga yo‘l olgan eshelon” bestselleri muallifi SIUTga tashrif buyurdi

“Samarqand – MDHning madaniy poytaxti” ta’lim dasturi doirasida Samarqand xalqaro texnologiya universitetida (SIUT) mashhur rus yozuvchisi, o‘nlab nufuzli milliy va xalqaro adabiy mukofotlar, jumladan Rossiya Federatsiyasining madaniyat sohasidagi hukumat mukofoti sohibasi Guzel Shamilevna Yaxina bilan badiiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SIUT professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda ijodkorlar ishtirok etdilar.

gy9

Mehmonni SIUT rektori, professor Yusuf Abdullayev samimiy kutib oldi va yig‘ilganlarga tanishtirdi.

O‘z navbatida, Guzel Yaxina “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” (“Эшелон на Самарканд”) asarini yaratilish tarixi haqida to‘xtalib, ijodiy rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Aytish joizki, muallif ushbu asarini yozganida o‘sha davrdagi minglab arxiv hujjatlari va nashrlarini o‘rganilishi, ishonchli hujjatlar asosida hikoya va badiiy qissa yaratish imkonini berdi. Uchrashuv qatnashchilari “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” romani asosida yaqin yillarda badiiy film suratga olinishi haqidagi xabardan o‘ta mamnun bo‘lganliklarini alohida ta’kidlashimiz lozim.

gy8

Guzel Yaxinaning universitetga tashrifi SIUT rahbariyatining taklifi hamda “Inson. Madaniyat. Tinchlik” ilmiy-ma’rifiy markazining direktori, “Samarqandiyona” ensiklopedik loyihasi muallifi Anatoliy Ionesov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

gy10

“Samarqandga yo‘l olgan eshelon” romanini yozganimda, menda g‘ayrioddiy, jozibali Samarqandga tashrif buyurish istagi paydo bo‘ldi. Afsuski, koronavirus pandemiyasi Samarqandga tashrif buyurishimga to‘siq bo‘ldi. Hattoki kitobim nashr etilgandan so‘ng ham Samarqandga safarim pandemiya cheklovlari tufayli yana qoldirildi. Men uchun bu tarixiy shahar, asarim qahramonlari uchun ham, ramziy joʻgʻrofik maskaniga aylandi. 2021-yil aprel oyida Anatoliy Ivanovich va uning “Samarqandiyona” loyihasi bilan tanishganimdan so‘ng, Samarqandga bo‘lgan qiziqishim yanada oshdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun esa  Samarqandda, roppa-rosa 100 yil muqaddam o‘sha eshelondagi bezori bolalar uchun umidli va najot maskaniga aylangan shahardaman, – dedi Guzel Yaxina.

gy11

gy12

Yozuvchi bilan ijodiy uchrashuv jonli muloqot tarzida o‘tdi: har bir uchrashuv qatnashchisi muallifga o‘zini qiziqtirgan savolini berish imkoniga ega bo‘ldi.

gy1

gy2

gy3

gy4

gy5

gy6

gy7

Guzel Yaxinaning SIUTga yozgan maktubidan satrlar: “Samarqanddagi ajoyib uchrashuv va juda boy dastur uchun yana bir bor tashakkur! Samarqandda uch kun davom etgan unutilmas tashrifim nihoyatda qiziqarli tarzda o‘tdi. SIUTda uchrashganimizdan juda mamnunman!”

Ma’lumot uchun

Guzel Yaxina – Qozon davlat pedagogika institutining chet tillar fakulteti va Moskva kino maktabida tahsil olgan. Uning uchta romani – “Zulayho ko‘zini ochadi” (“Зулейха открывает глаза”), “Mening bolalarim” (“Дети мои”) va “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” (“Эшелон на Самарканд”) romanlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va o‘nlab tillarga tarjima qilingan. “Zulayho ko‘zlarini ochadi” romani suratga olinib, 2020-yilda “Rossiya” federal kanalida teleserial sifatida taqdim etildi.

GYmain

2021-yilda nashr etilgan Guzel Yaxinaning “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” romani ochlikdan azob chekayotgan Volga bo‘yidan yo‘lga chiqqan besh yuz nafar bola qutqarilishi haqida hikoya qiluvchi uchinchi asaridir. O‘sha paytda Guzel Yaxina nufuzli “Большая книга”, “Ясная поляна” va boshqa ko‘plab mukofotlar sovrindori bo‘lganligi sababli, “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” romani 2021-yilning eng kutilgan asarlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Taniqli rus-italyan adabiyot tarjimoni va yozuvchisi Yelena Kostyukovich romanga yuqori baho berdi: “Aytishim mumkinki, bunday kitoblar juda kam uchraydi va ularni o‘qiganlarning dunyoqarashlari o‘zgaradi...”.

Guzel Yaxina adabiy ijoddan tashqari, saraton, gematologik va boshqa og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar va 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga yordam beruvchi “Подари жизнь” xayriya jamg‘armasining homiysi hisoblanadi.

2021-yildan buyon Guzel Yaxina “Samarqandiyona” ensiklopedik loyihasi va “Samarqandiyona shaxslari” (“Лица Самаркандианы”) madaniy-ma’rifiy dasturida ishtirok etib kelmoqda. Uning “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” romani “Xorijiy Samarqandiyona ensiklopediyasi” (SIUT, 2022/2023) sahifalarida, “Samarqand Oʻzbekiston va Rossiya madaniyatlari muloqotida: meros va zamonaviylik” tematik planshet koʻrgazmasida (SIUT, 2023), shuningdek, “Samarqandiyona 2024” (SIUT) taqvimida aks ettirilgan.