Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul e’lon qiladi!
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) – xalqaro toifali muhandislarni tayyorlashga ixtisoslashgan universitetdir.
SIUTda jahon ta’lim hamjamiyatining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Yorqin kelajak yo‘lini hozirdan tanlang!
-
Universitet oʻquv dasturlari xalqaro standartlar asosida AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi oliygohlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
-
Darslar dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
-
SIUT talabalari yurtimiz va xorijning nufuzli kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlariga egadirlar.
-
SIUT bitiruvchilariga “Double degree” va “Double diploma” beriladi, bu esa ularni kelgusida ham Oʻzbekistonda, ham xorijda ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlanishga imkon yaratadi. Bundan tashqari ular “SANEG”, “ERIELL Group”, “Enter Engineering” kabi xalqaro kompaniyalarda ish oʻrinlariga ega boʻladilar.
School of Engineering:
Business School:
Chinese Institute of Electric Power (CIEP):
Korean Institute of Technology and Culture (KITC):
Koreya texnologiyalari va madaniyati instituti va Xitoy energetika institutida Janubiy Koreya va Xitoyda oʻqishni davom ettirish imkonini beruvchi “3+1”, “2+2” tizimi boʻyicha ta’lim dasturlari amal qiladi.
SIUTning eng yaxshi talabalari xorij oliy oʻquv yurtlarida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar!Hujjatlar qabuli joriy yilning 20-aprelidan 20-iyuliga qadar davom etadi!
Onlayn tarzda ariza topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://admission.siut.uz/Talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
- pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF formatda);
-
oʻrta yoki oʻrta maxsus ma’lumotga egaligi toʻgʻrisidagi hujjatning (attestat yoki diplomning) skaner qilingan shakli (PDF formatda);
-
JPG formatdagi 3,5 ga 4,5 cm shakldagi fotosurat;
-
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud boʻlsa);
-
SAT sertifikati (agar mavjud boʻlsa).
Kirish imtihonlari xorijlik professor-oʻqituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi maktab o‘quv dasturlari bo‘yicha quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
-
Ingliz tili;
-
Matematika.
Kirish imtihonlari 2024-yilning 22-iyulidan 26-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.
SIUTga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozlar va grant olishlari mumkin?Kirish imtihonlaridan ozod etiladi: 1100+ va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari.Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS 5.5 va undan yuqori (yoki TOEFL IBT - 46-59+; TOEFL ITP - 450+; CEFR - B2+; Cambridge Assessment English FCE - B2+) koʻrsatkichli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ingliz tili fanidan kirish imtihonidan ozod etiladi.Grant asosida oʻqishga qabul qilish *
-
Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan abituriyentlar;
-
1200 va undan yuqori koʻrsatkichli SAT sertifikati sohiblari;
-
“Eriell” kompaniyalar Guruhi xodimlarining farzandlari;
-
Chin yetimlar;
-
Afgʻon urushi ishtirokchilarining farzandlari;
-
Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.
Toʻlov-kontraktni amalga oshirishda 25 foizlik chegirmaga ega boʻlish
-
Agar bir oilaning ikki va undan ortiq a’zosi shartnoma asosida SIUTga oʻqishga qabul qilinsa, ularning har biri 25% chegirmaga ega boʻladi.