Skip to main content

Samarali boshqaruv malakalarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Bugungi jadal tarzda rivojlanib borayotgan jamiyatda jamoani oqilona boshqarish va zahiralarda samarali foydalanish qobiliyati professional muvaffaqiyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ushbu fazilatlarning ahamiyati tadbirkorlik faoliyatida bo‘lgani kabi, martabasini oshib borishida ham yangilanib boradi. Shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda, joriy yilning 28-fevral kuni “Dream Builders Club” doirasida SIUTda “Tadbirkorlik va menejment” yo‘nalishi talabalarining sohaga oid bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan “Karyerani boshqarishga zamonaviy yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mahorat darsi Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi (Объединенная авиастроительная корпорация), “Rostex”, “RosAtom”, “Банк Открытие” kabi yirik kompaniyalarda menejment sohasida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, hozirda “Silk Road Samarkand” turistik markazining o‘quv va rivojlantirish xizmati rahbari – Yegor Ivanovich Romanenko tomonidan o‘tkazildi.

Mutaxassis talabalarni dastlab respublika mehnat bozoridagi vaziyat bilan tanishtirib, o‘z nutqida O‘zbekistonning “iqtisodiy faol” aholisining o‘sish dinamikasi va karyera strategiyasini shakllantirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

“Sizning karerangiz – startap”

Yegor Romanenko kasbni to‘g‘ri tanlash, kasbga yo‘naltirish vositalari va individual rivojlanish rejani (PDP - Personal Development Plan) ishlab chiqishga doir tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari, karyerani boshqarishning har bir bosqichida yangiliklardan xabardorlik, bilim olish zarurligi, buning uchun turli xil ta’lim platformalari mavjudligini, aksariyati bepul, lekin ularda taqdim etiladigan xizmatlar cheklangan bo‘lishi mumkinligini Yegor Romanenko ta’kidlab o‘tdi. Mutaxassis Coursera, Lerna, Skillbox, Skillfactory, GeekBrains, Yandex Practicum kabi pullik kurslardan foydalanishni misol tariqasida ham keltirib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda, Yegor Romanenko mustaqil ta’lim (self-study) orqali turli xil internet resurslaridan, video darslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallash imkoniyatlariga ham to‘xtaldi.

Mahorat darsi davomida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida turli interfaol mashqlar bajardilar.

“Dream Builders Club”ning asosiy maqsadi: tajribali soha vakillari tomonidan mahorat darslar, seminar-treninglar orqali SIUT talabalarini kelajakda o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha  nazariy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni amaliyotda faol qo‘llay olishlarida ko‘maklashishdir.