Skip to main content

Universitet kutubxonasi Koreyadan hadya etilgan yangi kitoblar bilan boyitildi

Joriy yilning 21-fevral kuni Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) tomonidan kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, Koreya nashriyotlar uyushmasi tomonidan Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi orqali taqdim etilgan 250 dan ortiq yangi kitoblar talabalar va universitet jamoasiga taqdim etildi.

books3

Mazkur kitoblar ko‘rgazmasida SIUT talabalarining koreys tili, madaniyati va folkloriga oid bilimlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashuvchi hamda dizayn, raqamli iqtisodiyot va qayta tiklanadigan energiya manbalari (“yashil” texnologiyalar) kabi turli yo‘nalishdagi kitoblar, shuningdek, koreys tilidagi hikoyalar kitoblari namoyish etildi.

books2

KITC dekani, professor Sungdon Hwang SIUT kutubxonasiga kitoblarni taqdim etdi va bu sovg‘a universitetda koreys adabiyotining sezilarli darajada kengayishining boshlanishi bo‘lishiga umid bildirdi. Shuningdek, professor o‘z nutqida yaqin kelajakda SIUT universitetida Markaziy Osiyodagi eng yirik koreys kutubxonasini yaratish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Ushbu tashabbus SIUT talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Koreya madaniyati va ilm-fanini chuqurroq o‘rganishga qaratilgan.