Skip to main content

SIUT talabalari NEEPU yozgi lagerida Xitoy energetikasi tajribasini o‘rganmoqda

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti qoshidagi Xitoy energetika institutining(CIEP) “Issiqlik energetikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalari Xitoyning Shimoli-sharqiy elektroenergetika universitetidagi (NEEPU) yozgi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. 14–25-iyul kunlari davomida CIEP talabalari intensiv lagerda qatnashib, bu jarayon ularning kasbiy va madaniy shakllanishida muhim qadam bo‘ldi.

NEEPU (Xitoy, Szilin viloyati) bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu dastur oddiy sayohatdan ko‘ra ko‘proq maqsadi bor edi. U talabalarni kelajakda kutayotgan akademik va kasbiy muhitga chuqur tayyorlashga qaratilgan. Dasturning asosiy maqsadi nafaqat til ko‘nikmalarini mustahkamlash, balki Xitoyning energetika sohasi haqida amaliy tushunchaga ega bo‘lish hamda madaniyatlararo bilimlarini oshirishdan iborat edi.

sumcamp 3

Yozgi lager dasturi doirasida talabalar xitoy tili, o‘ziga xos madaniyati, falsafasi va geografiyasini o‘rganishdi. Bu bilimlar ularning yangi muhitga moslashuvini osonlashtiradi. Dasturda quyidagi ixtisoslashtirilgan mavzularga alohida e’tibor qaratildi:

    • Xitoy energetika sanoatining asosiy jihatlari;
    • Zamonaviy energetika uskunalarining ishlash prinsiplari;
    • SPIC (State Power Investment Corporation)* korporatsiyasining “yashil” texnologiyalari va chiqindilarni nazorat qilish tizimlari.

State Power Investment Corporation logo

Ma’lumot uchun: State Power Investment Corporation Limited (SPIC) Xitoyning eng yirik energetika korporatsiyalaridan biri bo‘lib, u dunyo miqyosida ham yetakchi hisoblanadi. SPIC 2015-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pekinda joylashgan.

sumcamp 6

Korporatsiyaning umumiy quvvati 126 gigavattdan oshadi, shundan 72,4 GW issiqlik elektr stansiyalari, 22 GW gidroelektrostansiyalar, 13,7 GW shamol, 11,6 GW quyosh va 4,5 GW atom elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. “Toza energiya” manbalari kompaniya ishlab chiqarishining 45 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Har yili SPIC 422,6 teravatt-soat elektr energiyasi yetkazib beradi.

sumcamp 7

sumcamp 2

Ta’lim dasturining eng qiziqarli qismi soha laboratoriyalariga tashrif va Sunxua daryosida joylashgan issiqlik elektr stansiyasiga uyushtirilgan ekskursiya bo‘ldi. Bu yerda talabalar bug‘ turbinalari va boshqaruv tizimlarining ish faoliyatini bevosita kuzatishdi, laboratoriya tadqiqotlarida ishtirok etishdi. Bu tajriba ularning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘lashga yordam berdi. Bu esa kelajakda o‘zlashtiradigan texnologiyalar bilan ishlash uchun mustahkam poydevor yaratadi.

sumcamp 8

sumcamp 9

sumcamp 10

Dasturning asosiy maqsadlaridan yana biri talabalarning madaniyatlararo bilimlarini oshirish edi. Xitoy xattotligi, rasm chizish, an’anaviy raqslar va taytszi bo‘yicha mahorat darslari CIEP talabalariga xitoy xalqining qadriyatlarini chuqurroq anglash imkonini berdi. Pekin opera muzeyi, Konfutsiy ibodatxonasi va Sziilin shahar muzeyiga tashriflar ularning dunyoqarashini kengaytirib, yangi muhitga tezroq moslashishga yordam berdi desak yanglishmaymiz. Bundan tashqari, Sunxua ko‘li va Bey Shan tog‘i kabi xushmanzara maskanlarga uyushtirilgan sayohatlar ham talabalar uchun unutilmas xotiralarni qoldirdi.

sumcamp 4

sumcamp 5

“SIUT-NEEPU” akademik hamkorligining an’anaviy qismiga aylangan bu yozgi lager ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi dual ta’lim va qo‘shma diplom dasturlarining muhim tarkibiy qismidir. Lager CIEP talabalarini Xitoydagi ta’lim jarayoniga tayyorlash uchun dastlabki bosqich vazifasini o‘tadi.

sumcamp 11

Yozgi lagerda olingan tajriba, shubhasiz, talabalarning kelajakda global mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga xizmat qiladi.